Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimlari o‘zining hududini xorijda keng targ‘ib qilishga o‘rganishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi.
Ular:
- har bir viloyatning “tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqadi;
- Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;
- har bir viloyatning o‘zi uchun xos bo‘lgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;
- festival va konsertlar o‘tkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham e’lon qiladi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar