09:29 / 30.03.2023
431

Ro‘zador odam bilmasdan ovqat yeb qo‘ysa ro‘zasi buziladimi?

Ro‘zador odam bilmasdan ovqat yeb qo‘ysa ro‘zasi buziladimi?
Savol:
Ro‘zador odam bilmasdan ovqat yeb qo‘ysa ro‘zasi buziladimi?
 
Javob:
Ro‘zadorligi esida yo‘q kishi biror ovqat yeb qo‘ysa yo ichimlik yoki dori ichib yoxud jinsiy aloqa qilib qo‘ysa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo shu ishlardan birortasini qasd-dan qilsa, ro‘zasi ochiladi. Keyin u har bir kunning qazosi bilan birga kafforat sifatida muttasil ravishda 60 kun ro‘za tutib beradi yoki 60 ta och kishi (miskin) qornini to‘yg‘izadi. Ro‘zador odam xotinini jinsiy aloqaga majburlagan bo‘lsa, o‘zi 60 kun kafforat, ayoli bir kun qazo ro‘zasini tutadi.
 
Ayoli bunga rozilik bergan bo‘lsa, u ham 60 kun kafforat ro‘zasini tutadi.
Shayx Abdulaziz Mansur
Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat