138
G‘uzorda elektr ta’minoti korxonasiga fermer xo‘jaligidan salkam 200 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti korxonalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Byuroning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yil o‘tgan davri mobaynida sud qarorlariga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga foydasiga 3,7 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirilishi ta’minlangan.
Jumladan, Byuroning G‘uzor tuman bo‘limi ish yurituvidagi G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Xushnazarov Xudoyberdi” fermer xo‘jaligi hisobidan “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga jami 195,7 mln. so‘m undirish belgilangan.
Bo‘lim tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor fermer xo‘jaligidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yetkazilgan zarar to‘liq undirilib, ta’minotchi korxonaga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar