23:00 / 01.04.2023
857

Saida Mirziyoyeva Xorazmda qizlar bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar ishiga munosabat bildirdi

Saida Mirziyoyeva Xorazmda qizlar bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar ishiga munosabat bildirdi
Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.
 
Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ushbu holat qonunchilikda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo‘shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotgani alohida qayd etildi.
 
Xorazmda yuz bergan fojia jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu holat qonunchiligimizda jiddiy muammolar borligi va ushbu bo‘shliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.
 
Voqea ishtirokchilari orasida huquq idorasi vakillari ham borligi esa nihoyatda xavotirlidir. Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida e’tibor qaratib, sinchiklab o‘rganishni va huquqiy baho berishni so‘rayman.
 
Biz mavjud qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish, turli 'lazeyka'larni yopish, oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha qonunni qabul qilishni tezlashtirishimiz zarur. Mazkur qonun loyihasi ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan”, — deb yozadi Mirziyoyeva.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat