213
Farg‘onada attraksiondan tushib ketgan 17 yoshli qizning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi
![Farg‘onada attraksiondan tushib ketgan 17 yoshli qizning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi](/uploads/posts/2023-04/64293bb5b127b.jpg)
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan markaziy istirohat bog‘idagi attraksiondan 17 yoshli qiz tushib ketgani haqida xabar berilgandi. Hozirda qizning sog‘lig‘i qandayligi haqida ma’lumot berildi.
2005 yilda tug‘ilgan N.O. 23 mart kuni tuman markaziy istirohat bog‘idagi “Piratskiy korabl” nomli attraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketib, tan jarohati olgan hamda shu kuni soat 11:00 da tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.
Tekshiruv natijalari bosh miya episxeti, bosh miyaga oz miqdorda qon quyilish, ikkinchi bo‘yin umurtqasining tanasida sinish, qovurg‘alarida siniq aniqlangan. O‘pkadan lat yeyish bilan bo‘limga yotqizilgan. Hozirgi kunda holati og‘ir-stabil.
Shuningdek, attraksion xodimi bo‘lgan voqea haqida aytib berib, qizga xavfsizlik qoidalari dastlab tushuntirilganini ta’kidladi.
“U qiz bir o‘zi shu joyda uchgan. Attraksion to‘xtayotganda ehtiyotsizlik oqibatida tirkamani ochib yuborgan. Tirkamalar o‘z-o’zidan ochilmaydi. Bu qizga ham o‘sha kuni tushuntirdik. O‘tirib olgan holatda uchishini, to‘xtamasidan tushmasligini aytdik”, — deydi xodim.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar