![Taxtako‘pirda bank foydasiga 2,3 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-10_22-00-18.jpg)
Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 13.09.2022 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" MCHJdan o‘ndiruvchi “Ipoteka bank” foydasiga 2 mlrd. 309,3 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Taxtako‘pir tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor "QARAQALPAQ SUW TÁMIYNATÍ" mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisob raqami inkasso topshiriqnomasi orqali xatlovga olingan va xizmat avtomashinalari xatlovga olinib, qarzdorlik belgilangan tartibda bartaraf qilinmasa xatlangan mol-mulklar realizatsiya qilish uchun savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.
Natijada, qarzdor jamiyatning hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan 2 mlrd. 309,3 mln. so‘m qarzdorlik bank foydasiga to‘liq o‘ndirilib berildi va ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar