Kuzda Toshkent shahrida xorijdagi faol vatandoshlar jamoat birlashmalari ishtirokida «O‘zbekistonliklar butunjahon forumi» o‘tkaziladi. Bu 2023 yilgi Taraqqiyot strategiyasida qayd etilgan, deb yozadi Gazeta.uz.
Davlat dasturining 269-bandi forumning tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan. Uning bosh ijrochisi sifatida «Vatandoshlar» jamoat fondi, nazoratchi sifatida esa prezident administratsiyasi ko‘rsatilgan.
Vazifalar qatorida forum ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish va xorijdagi o‘zbekistonliklarga taklifnoma yuborishdan tortib, uni o‘tkazish va eng faol vatandoshni taqdirlash ham ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, tadbir oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Xarajatlar esa «Vatandoshlar» jamoat fondi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Hozircha xarajatlar miqdori va qanday mukofotlar topshirilishi ma’lum emas.
268-bandda xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari ham belgilangan. Buning uchun o‘zbek tili bo‘yicha xorijdagi vatandoshlarga mo‘ljallangan onlayn mashg‘ulotlar tashkil etilishi kutilmoqda. Mazkur ishlar «Vatandoshlar» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar