Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston fuqarosi Artyom Raxmanov Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan vataniga ekstraditsiya qilindi, deyiladi "Kun" nashrida. U respublika Jinoyat kodeksining 127 moddasi 3 bandi (voyaga yetmagan shaxsni aksilijtimoiy ishga jalb etish) va 169 moddasi 2 bandi «v, g» xatboshisi (o‘g‘irlik)da ko‘rsatilgan jinoyalarni sodir etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Raxmanov 2014 yil sentyabr oyida Qo‘qon shahridagi kompyuter ustaxonasiga gumashtasi bilan kirib, o‘g‘irlik sodir etgan. U mazkur jinoyatga 4 nafar voyaga yetmagan shaxsni ham jalb etgan.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Raxmanov Rossiya politsiyasi tomonidan Podmoskovyaning Pushkin tumanida qo‘lga olingan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar