17:45 / 11.04.2023
115

Bo‘stonliqda elektr tarmoqlari foydasiga 668 million so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi

Bo‘stonliqda elektr tarmoqlari foydasiga 668 million so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi
Byuroning Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida Chirchiq tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Bo‘stonliq tuman obodonlashtirish” boshqarmasidan, undiruvchi “Toshkent xududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 668.536.821 so‘m foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati majud.
 
 Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim ish yurituviga 03.04.2023 yilda kelib tushgan bo‘lib, shu kunning o‘zida ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va tegishli tartibda taraflarga yuborilgan.
 
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli hisob raqamlariga band qo‘yilgan. Natijada korxonaning  668.536.821 so‘m miqdoridagi qarzdorlik summasi tuman xokimligi moliya bo‘limi tomonidan to‘lab berilgan va mazkur  ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat