Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 17.06.2011 yilgi qaroriga ko‘ra, qarzdor B.Ismoilovdan undiruvchi D.Ismoilova foydasiga 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor alimentni vaqtida to‘lashi lozimligi haqida huquq va majburiyatlari tushuntirilgan holda ogohlantirilgan.
Joriy yilning 31 mart kuni qarzdor undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda qarzdor B.Ismoilov voyaga yetmagan 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment o‘rniga Qo‘qon shahar, A.Navoiy ko‘chasi 48-uydagi xonadonlarning birin undiruvchining nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirganligi sababli, undiruvchi D.Ismoilovaning arizasiga asosan 12.04.2023 yil kuni ijro hujjati tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)