18:24 / 17.04.2023
194

Aliment to‘lovchi ona bo‘lsa ham farzandi oldidagi majburiyati ota bilan bir xil

Aliment to‘lovchi ona bo‘lsa ham farzandi oldidagi majburiyati ota bilan bir xil
 Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan farzandlarning ta’minotini muddatida va sifatli undirib berish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, Byuroning Yangiyo‘l shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ham ushbu yo‘nalishdagi ijro hujjatlarining ijrosini muddatida va sifatli ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan nafaqat qarzdor otalardan, balki ish yurituvida mavjud  aliment to‘lovchi qarzdor onalardan ham bola ta’minotini undirish, bunda qonunlarga tayangan holda aliment to‘lovchi ayollardan ham o‘z majburiyatlarini bajarish qatiy talab etilmoqda.
 
Misol uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Ramazanova Yelena Vladimirovnadan undiruvchi Balyabin Valeriy Vlamidirovich foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy taminoti uchun  farzandlari voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.
 
Qarzdor Ye. Ramazanova mazkur ijro hujjati bo‘yicha aliment to‘lashi lozimligini aniq bilgani holda, bu haqda bir necha bor ogohlantirilganligiga qaramasdan ikki oydan ortiq vaqt berilsada aliment to‘lovlarini to‘liq amalga oshirmay, yani 04.10.2022 yildan 01.04.2023 yil oyiga qadar undirilishi lozim bo‘lgan aliment uchun jami 6 956 084,54 so‘m aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.
 
Hozirda mazkur qarzdorligi yuzasidan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan ma’muriy qamoq chorasi qo‘llash yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilmoqda.
 
Yana bir misol, bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor Latipov Umid Irkinovichdan, undiruvchi Li Mariya Mixaylovna foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taminoti uchun farzandi voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa daromadlaridan ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.
 
Qarzdor U.Latipovning alimentdan bo‘lgan jami qarzdorligi 27. 586 088,22 so‘mni tashkil etib, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlik 13.04.2023 yilda undiruvchining plastik karta hisob raqamiga to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat