![Xorazmda farzandlar voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pullari undirildi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-18_18-05-38.jpg)
Byuroning Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 17.08.2015 yildagi qarzdor A.Rajapovdan undiruvchi M.Zaripova foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi bo‘yicha qarzdor tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy to‘liq to‘lab kelingan.
17.04.2023 yilda qarzdor farzandlari voyaga yetgunga qadar to‘lanishi kerak bulgan aliment pullarini oldindan to‘lash niyatini bildirib, jami 90 mln. so‘m aliment to‘lovlarini amalga oshirdi hamda mazkur ijro ishi bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar