![Qo‘qonda qarzdor aliment o‘rniga uy taklif qildi](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-19_20-12-19.jpg)
Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida FIB Qo‘qon tumanlararo sudining 07.11.202 yilgi qaroriga ko‘ra, qarzdor Dj.M.dan undiruvchi Dj.Z. foydasiga 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga uning qonuniy huquq va majburiyatlari tushuntiriib kelingan.
Joriy yilning 14 parel kuni qarzdor undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan holda undiruvchiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uni 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment o‘rniga uy-joy taklif qilgan.
Undiruvchi Dj.Z. taklifni qabul qilgach, qarzdor Qo‘qon shahar, Shirin MFY, A.Navoiy ko‘chasidagi xonadonni undiruvchining nomiga notarius orqali rasmiylashtirib topshirgan va undiruvchi Dj.Z.ning arizasiga asosan 14.04.2023 yil kuni ijro hujjati tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar