![Qarzdor jarimaga ham tortildi, bunga sabab...](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-22_01-20-46.jpg)
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan bugungi kunda sud va boshqa organlar qarorlarini ijro etishga ma’sul hisoblanib, bu orqali fuqarolar hamda jamiyat manfaatini himoya qilmoqda. Biroq, ayrim hollarda o‘z huquqini to‘liq tushunib yetmagan kimsalar sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorlikni bartaraf etish o‘rniga, ijro talablariga bo‘ysinmayapti. Boz ustiga, xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochi faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.
Masalan Chust tumani, Laylakuya mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aka-uka Sh.A lar bank kredit qarzdorligini bartaraf etish o‘rniga turli bahonalar bilan davlat ijrochi talablarini bajarmaydi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlar bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 2022 yil 3 iyundagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi ATB “Agrobank” filiali foydasiga salkam 34 mln. so‘m muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish belgilangan. Mazkur ijro varaqasiga Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fuqarolarga ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq, qarzdorlikni bartaraf etmagani bois qarzdorni yashash uyiga borilganda u ijro hujjati bilan tanishishdan bosh tortadi. Ustiga-ustak to‘lovni amalga oshirmaslik maqsadida davlat ijrochiga qarshilik qiladi. Mazkur holat yuzasidan tegishli bayonnoma rasmiylashtirib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun sudga yuboriladi.
Yaqinda jinoyat ishlar bo‘yicha Chust tuman sudida mazkur holat ko‘rib chiqildi. Taraflar tinglanib, sudning qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra huquqbuzarlar aka-uka Sh.A. larga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanib, har biriga 600.000 so‘mdan jarima belgilandi.
Shu tariqa, aka-uka huquqbuzarlar muddati o‘tgan kredit qarzdorlikni, bundan tashqari, ijro talablarini bajarmagani uchun chiqarilgan sudning qarorida ko‘rsatilgan jarimani ham to‘lashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar