![Toshkentda tadbirkor ko‘p yillik daraxtni ildizi bilan qo‘porib tashladi](/uploads/posts/2023-04/1682172947_920__95_3054518471.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldidagi ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Mazkur holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan borib o‘rganilgan.
Tekshiruv natijasida Mirzo Ulug‘bek tumanidan kelib tushgan murojaatga asosan, «P.S» MCHJ tomonidan hududdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishda agrotexnik qoidalarga rioya etmaganligi aniqlangan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi MJTK 79-moddasida belgilangan tartibdagi jazo chorasini qo‘llash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar