14:28 / 26.04.2023
189

Beshariqda ota 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab berdi

Beshariqda ota 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab berdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lash mumkinligi ko‘rsatilgan.
 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbektson tumanlararo sudining 04.10.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Boboyevdan undiruvchi N.Qosimova foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun barcha daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
 
Davlat ijrochisining 10.11.2021 yilgi qaroriga asosan qarzdorning Respublikadan chetga chiqish huquqlari cheklangan.
 
Byuroning Beshariq tumani bo‘limi xodimlarining tushuntirish ishlari natijasida qarzdor S.Boboyev 25.04.2023 yil kuni uch nafar farzandlarining ta’minoti uchun 2028 yilga qadar hisoblangan 83.100.000 so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat