![Qashqadaryoda sodir bo‘lgan ikkita YTHda 6 kishi halok bo‘ldi](/uploads/posts/2023-05/photo_2023-05-01_09-41-50.jpg)
Kadr: Telegram
Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 10 aprel kuni soat 5:00 larda Cobalt mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, ro‘paradan kelayotgan Spark mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda yong‘in sodir bo‘lib, har ikki mashina yonib ketgan va ularning haydovchilari hamda yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan.
Shuningdek, 23 aprel kuni soat 04:40 larda Lacetti mashinasi o‘z yo‘nalishida harakatlanayotib, haydovchi oraliq masofani saqlamagan. Mashina o‘zidan oldinda ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasining orqa tomoniga borib urilib, yonib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar