11:44 / 01.05.2023
211

Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev O‘zbekistonda 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalari e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, referendum uchastkalariga 16,6 milliondan ortiq saylovchilar kelgan va davomat 84,5 foizni tashkil etgan.
 
«Referendumda Konstitutsiya to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilasizmi?» deb berilgan savolga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqarodan 15 mln 40 ming 55 nafari, ya’ni 90,21 foizi yoqlab ovoz bergan.
Uning qayd etishicha, referendum jarayoni xalqaro normalar va standartlarga, referendum qonunchilikka, unda belgilangan ochiqlik va oshkoralik kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda o‘tkazildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstiitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyishga asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi