13:28 / 03.05.2023
157

Jizzaxda “Green Card chiqdi” deya 103 kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi

Jizzaxda “Green Card chiqdi” deya 103 kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi
Jizzax viloyati IIB 300 nafardan ortiq fuqaroning pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aytilgan jinoiy guruh to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
 
Aniqlanishicha, fuqaro D.R., A.G‘. va R.N. jinoiy til biriktirgan holda 103 nafar jabrlanuvchini o‘zlari tayyorlagan soxta hujjatlar asosida AQSHga borishi uchun Green Card lotereyasidan yutuq chiqqaniga ishontirib, aldov yo‘li bilan ularning jami 2 milliard 597 million so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining tegishli hukmiga ko‘ra, D.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Mahkum D.R. jazoni o‘tashiga monelik qiladigan og‘ir kasallikka chalingani sababli, unga nisbatan hukm bilan tayinlangan jazoning ijrosi 4 oyga kechiktirilgan. Jizzax viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining tegishli ajrimiga ko‘ra, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
 
Sud qarorlarining qonuniyligi o‘rganilganda, protest keltirish uchun asoslar topilmagan.
 
Bundan tashqari, A.G‘. va R.N. tergovdan yashiringani sababli ularga nisbatan sudning ajrimiga ko‘ra, “qamog‘ga olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda “Green Card chiqdi” deya 103 kishini chuv tushirgan shaxslar aniqlandi