15:33 / 05.05.2023
129

Toshkentda erkak 47 kishini umraga yuboraman deb ularning 55,3 ming dollar pulini o‘zlashtirdi

Toshkentda erkak 47 kishini umraga yuboraman deb ularning 55,3 ming dollar pulini o‘zlashtirdi

Toshkent shahrida fuqarolarni umraga jo‘natish bahonasida chuv tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, aprel oyida 27 yoshli Mirzahakim M. 43 yoshli Farrux M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga jo‘natishda yordam berishni vaʼda qilib, buning uchun jami 55 250 dollar olgan. Biroq  erkak vaʼdasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

May oyining boshida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston fuqarolarini haj va umra amallarini bajarishda turli reklama va e’lonlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi. “Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26 ming dollar) miqdorida jarima solishga olib keladi”, — deyilgandi ogohlantirishda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat