10:59 / 06.05.2023
154

Saida Mirziyoyeva BAA Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori bilan uchrashdi

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva BAA Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori Dana Humaid bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.

Qayd etilishicha, suhbat mavzusi ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish haqida bo‘lgan. O‘zbekistonda yaqinda ushbu toifadagi fuqarolarga nisbatan jinoyat uchun javobgarlik kuchaytirildi.

BAA ham bu borada boy tajribaga ega. Humaid xonim jamoatchilik, davlat idoralari va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik va tushuntirish ishlari qanday olib borilayotgani haqida so‘zlab berdi”, — deb yozadi u.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Uchrashuvda bolalarni internetdagi buzg‘unchi kontentdan himoya qilish choralari ham muhokama qilingan.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

3-may kuni Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Muzeylar orolida eksponatlar bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat