CAVOL:
Bir do‘stim tadbirkorlik bilan shug‘ullanardi. Salomatligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lib, shifoxonada yotib davolanishiga to‘g‘ri keldi. Shu sabab tadbirkorligi ham vaqtincha to‘xtab qoldi. Eshitishimizcha, hozir bir-ikkita do‘kondan qarz ekan. O‘sha qarzlarini do‘stimga aytmay to‘lamoqchiman. Chunki bu haqda unga aytsam aniq rozi bo‘lmaydi. Yana ko‘ngli o‘ksinadimi, deb ikkilanyapman.
JAVOB:
Yaxshi o‘ylabsiz. Shu tarzda uning qarzlarini to‘lab bersangiz bo‘ladi. Buning uchun ulkan ajrga ega bo‘lasiz. Shu o‘rinda bir hukmni bilib olish lozim. Birovning boshqalardagi qarzlarini qarzdorga bildirmay turib, zakot, ushr kabi farz sadaqalar orqali to‘lab bo‘lmaydi. Chunki zakot va ushrda tamlik, ya’ni muhtojga mulk qilib berish shart bo‘ladi. Bunday holatda zakot yoki ushr o‘sha qarzdor muhtojga beriladi, qarzdor insonning o‘zi borib, qarzini to‘laydi. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar