date
views 425

O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni qancha?

O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni qancha?

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023 yil 6 may holatiga ko‘ra 174 nafarni tashkil qiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularning soni viloyatlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
  • Andijon viloyati — 6 nafar;
  • Buxoro viloyati — 7 nafar;
  • Jizzax viloyati — 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
  • Navoiy viloyati — 9 nafar;
  • Namangan viloyati — 3 nafar;
  • Samarqand viloyati — 10 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
  • Toshkent viloyati — 26 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
  • Xorazm viloyati — 5 nafar;
  • Toshkent shahri — 55 nafar.

100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va frontorti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda.

Prezident tomonidan 2 may kuni imzolangan farmonga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni qancha?