Adliya vazirligining tuhmatda ayblangan xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish563
Adliya vazirligining tuhmatda ayblangan xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi
Adliya vazirligining tuhmatda ayblangan xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi
Husan Ravshanov, advokati va turmush o‘rtog‘i. Manba: Twitter / Ortanchabotir
Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sobiq bosh maslahatchisi Husan Ravshanovga qo‘llangan qamog‘ga olish ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, u qo‘yib yuborilgan. Bu haqda uning advokati Abdumalik Abdullayev feysbuk sahifasi orqali ma’lum qildi deb xabar berdi Kun.uz nashri.
 
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 4 maydagi ajrimiga asosan Husan Ravshanovni qamog‘ga olish ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, 1-sonli tergov hibsxonasidan ozod etildi.
 
Yashnobod tuman sudi sudyasi jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarish vaqtida JPK 396-moddasiga muvofiq ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi noto‘g‘ri tanlangan, degan to‘xtamga kelib ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqida ajrim chiqardi», deyiladi xabarda.
 
Bu o‘zgarish Ravshanovning rafiqasi Sevara Ravshanova sayyor qabulda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga murojaat qilishi ortidan ro‘y berdi. O‘shanda murojaatchi bosh prokuror qabulida ichki ishlar va prokuratura xodimlari uni «koptok qilishayotgani», turmush o‘rtog‘ining ishi qachon sudga oshishi haqidagi oddiy ma’lumotni advokatlarga ham aytishmayotganini bildirib, eriga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilishida amaliy yordam so‘ragandi.
 
Bosh prokuror ushbu murojaatni shaxsan nazoratga olishi, yon daftarchasiga ariza tafsilotlarini yozib olganini, yordam berishga harakat qilishini ma’lum qilgandi.
 
Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sobiq bosh maslahatchisi Husan Ravshanov 2023 yil 3 fevral kuni JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, 5 fevral kuni qamog‘ga olish ehtiyot chorasi qo‘llangan edi.
 
Unga, go‘yoki Facebook'da begona ism-sharif bilan akkaunt ochib, adliya xodimlarini korrupsiyada ayblash orqali tuhmat qilishda ayblov ilgari surilgan.
 
Sevara Ravshanova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Facebook'dagi «Sanjar Karimov» nomli akkaunt turmush o‘rtog‘iga tegishli emasligini ta’kidlagan. U umr yo‘ldoshi uchinchi shaxslar fitnasi qurboni bo‘lganini da’vo qilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?