01:43 / 10.05.2023
270

Faxriy xodimlar qadrlandi

Faxriy xodimlar qadrlandi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan sohada mehnat qilib, bugungi kunda umrguzaronlik qilayotgan faxriylar holidan xabar olindi.
 
Shakarbek Jo‘rayev va Olimjon Rahmonovlar uzoq yillar sud-huquq sohasida mehnat qilib, bugungi kunda nafaqaga chiqishgan. Ayniqsa, Byuro tashkil etilgandan beri turli lavozimlarda faoliyat olib borgan soha fidoiylari doimo e’tiborda. Boshqarma va bo‘limlarga muntazam taklif etilib, "ustoz-shogird" an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.
Bayram munosabati bilan mehnat faxriylari oilasiga borilib, suhbatlarda  bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson va uning qadri ustuvor ekanligi alohida ta’kidlandi. O‘z o‘rnida faxriylar bu e’tibor va ehtiromlar mamlakatimizda inson qadri naqadar ulug‘ligidan dalolat berishini faxr bilan iftixor etishdi. Asosiysi, bu kabi faxriylarga e’tibor o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida keksalarga izzat, ajdodlar ruhiga hurmat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
 
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat