![197 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi](/uploads/posts/2023-05/photo_2023-05-10_20-37-22.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituvidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida 197 million so‘m qiymatga ega bo‘lgan 3 turdagi noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdim qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan, noqonuniy yo‘llar orqali kirib kelgan salkam 29 ming qutidagi "Fast", "Milano", "Zumaretti" nomli sigaretlar yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Tumandagi "Uychi chorvador fayz" MCHJ omborxonasida saqlanayotgan, jinoiy ish materiallari yuzasidan ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan tamaki mahsulotlari yoqish orqali yo‘q qilindi.
Umuman olganda bo‘lim ish yurituvidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida 5 ta holatda 112.141.000 so‘mlik 16.607 quti sigaret ham yo‘q qilingan. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar