20:45 / 17.05.2023
176

Zarafshonlik ota ota farzandlari ta’minoti uchun 240 mln. so‘m to‘ladi

Zarafshonlik ota ota farzandlari ta’minoti uchun 240 mln. so‘m to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 21.01.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.F.dan bir nafar voyaga yetmagan farzandini ta’minoti uchun undiruvchi M.E foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.F. bilan suhbat o‘tkazilib, unga Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi 808-sonli Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilishi natijasida qarzdor S.F. voyaga yetmagan 3 nafar farzandlarini 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini qarzdor hisob-kitob qilib berish haqida davlat ijrochisiga murojaat qilgan.
Dastlab bu haqda undiruvchi M.E.ni ogohlantirilib, uning roziligi asosida farzanlardi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 240 mln. so‘m aliment puli qarzdor tomonidan to‘liq to‘lab berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat