00:18 / 18.05.2023
335

Namanganda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Nexia haydovchisi mashina ostiga kirib oldi

Namanganda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Nexia haydovchisi mashina ostiga kirib oldi
Skrin: Telegram
Namangan shahrida 14 may kuni YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Nexia haydovchisi mashina ostiga kirib oldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
 
Qayd etilishicha, Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermay harakatlanayotgan vaqtida YPX inspektorining qonuniy to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan.
 
Shundan so‘ng transport vositasiga majburiy to‘xtatish chorasi qo‘llanib, haydovchiga nisbatan ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
 
Haydovchi esa javobgarlikdan qochish hamda YPX va PPX xodimlariga nisbatan omma oldida salbiy fikrlar uyg‘otish maqsadida yo‘l bo‘yida turgan Nexia'ning tagiga yotib olib, inspektorlarni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Xodimlar tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng haydovchi sog‘-salomat avtomashina tagidan chiqarib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Nexia haydovchisi mashina ostiga kirib oldi