16:15 / 18.05.2023
163

Shovotda YTH natijasida yetkazilgan 35,9 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi

Shovotda YTH natijasida yetkazilgan 35,9 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi
Ma’lum bo‘lishicha, 01.12.2022 yilda haydovchi I.X. boshqaruvidagi M.X. nomida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinada Shovot tumanida harakatlanib ketayotib, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandi talablariga rioya qilmasdan, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida, yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan. Natijada, ushbu “Cobalt” rusumli avtomashinaga moddiy zarar yetkazilgan.
Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudi tomonidan I.X. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 133-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan hamda huquqbuzar I.X.dan yetkazilgan moddiy zarar 35,9 mln. so‘m jabrlanuvchi M.X. foydasiga undirilishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va  ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida javobgarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar shaxsdan yuqorida ko‘rsatilgan zarar pullari to‘liq undirilib, da’vogar shaxsga topshirilishi ta’minlandi hamda javobgarga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro ishi tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shovotda YTH natijasida yetkazilgan 35,9 mln. so‘m moddiy zarar undirib berildi