12:33 / 19.05.2023
103

O‘zbek—qozoq harbiy bo‘linmalari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Toshkent harbiy okrugining “Angren” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli kuchlari maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi “Qalqon-2023” maxsus-taktik o‘quvlarining asosiy fazasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonni har ikki mamlakat mudofaa vazirlari bevosita kuzatdi.

O‘quv rejasiga muvofiq harbiy xizmatchilar Chegara qo‘shinlarining tezkor kuch va vositalari bilan hamkorlikda shartli dushmanni yakson etish bo‘yicha harakatlar boshladi. Dastlab maxsus bo‘linmalar uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda razvedka-qidiruv harakatlarini olib borib, dushman yo‘nalishini aniqladi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Shundan so‘ng shartli dushman joylashgan hudud minomyotlar yordamida o‘qqa tutildi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Bunda belgilangan vazifani bajarish vaqtida olovli qo‘llab-quvvatlov guruhiga yengil zirhlangan avtomobillar, jangovar vertolyotlar hamrohlik qildi va shartli dushman batamom yakson etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Hamkorlikdagi jangovar harakatlar tajribasi bugungi kunda artilleriya hisoblarining mustaqil harakati muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib berdi. Hamkorlikdagi o‘quvlar davomida harbiy xizmatchilarning yuqori kasbiy tayyorgarligi, birdamligi va topshirilgan vazifani a’lo darajada uddalashga qodir ekanliklari namoyon bo‘ldi. Shuningek, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Angren shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi”, — deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek—qozoq harbiy bo‘linmalari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv o‘tkazildi