19:09 / 19.05.2023
191

Ijro jarayonlari oson kechmaydi

Ijro jarayonlari oson kechmaydi
Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi xodimlari uyga kiritish, uydan ko‘chirish kabi nomulkiy tusdagi ijro hujjatlarining ijrosini ham bajaradi. Bunday ijro jarayonlari albatta oson kechmaydi.
 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining joriy yil 16 martdagi ijro hujjatiga asosan Umarova Mavludaxon va Umarov Ro‘zioxunni barcha oila a’zolari bilan birga Asaka tumani Devatagi mahallasi Manjara ko‘chasida joylashgan uy joyning belgilangan qurilish maydoni 207,41 kvadrat metrni tashkil etgan, 2 ta xonalardan iborat turar joydan majburiy ko‘chirilishi belgilangan.
Byuroning Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor taraf ogohlantirilgan va berilgan ixtiyoriy muddatlarda ijro hujjati talabini bajarmagani bois majburiy ijro harakatlariga kirishildi.
 
Ijro harakatlari vaqtida javobgar Ro‘zioxun Umarov da’vogar Oybek Sulaymonovga yashash xonadonining bir qismini sotganligi va bu rasmiylashtirilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Shunday bo‘lsada, avvaliga javobgar va uning oila a’zolari sotilgan xonalarni bo‘shatib berishni istashmadi. Byuro xodimlari hamda mas’ul idora vakillari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borilib, ijro hujjatiga asosan javobgar va uning oila a’zolari belgilangan yashash xonadonlaridan ko‘chirildi.
 
Fuqarolarimizdan sud qarorining bajarilishiga to‘sqinlik qilmasdan, balki ixtiyoriy tarzda ijro etishi maqsadga muvofiqligini yana bir bor eslatgan bo‘lardik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijro jarayonlari oson kechmaydi