Foto: Prezident matbuot xizmati
Singapur prezidenti Halima Yoqub 21-23 may kunlari Qozog‘istonda, 23-25 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashriflarini amalga oshirmoqda. Bu – Singapur prezidentining Markaziy Osiyo davlatlariga ilk tashrifi hisoblanadi.
Halima Yoqubni O‘zbekistonga prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yil yanvar oyida, Singapurga qilgan tashrifi chog‘ida taklif etgan edi.
Singapur prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ko‘ksaroyda kechadigan muzokaralardan keyin, Halima Yoqub Singapur-O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etadi. Shuningdek, mehmon Samarqandga ham tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yil boshida Singapurga tashrifi vaqtida ushbu mamlakat bosh vaziri Li Syan Lun bilan ham muzokara o‘tkazgan edi. Parlamentar respublika boshqaruvidagi mamlakatda aksar vakolatlar bosh vazirga tegishli hisoblanadi.
Ta’kidlash lozim, shu paytga qadar Singapur prezidenti yoki bosh vaziri Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi.
Ma’lumot uchun, yaqin istiqbolda O‘zbekistonga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy va Vengriya prezidenti Viktor Orbanning tashriflari reja qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Xitoy qit’alararo ballistik raketani ilk bor ommaviy sinovdan o‘tkazdi
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi