date
views 378

Kredit qarzdorligi majburiy tartibda undirilmoqda

Kredit qarzdorligi majburiy tartibda undirilmoqda
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan “Sangzor g‘isht servis” MCHJ va qo‘shimcha javobgarlardan “Agrobank”ATB G‘allaorol filiali foydasiga 751.773.000 so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga kelib tushgan.
 
Mazkur ijro hujjati doirasida ijro ishi qo‘zg‘atilib, qaror nus'halari taraflarga yuborilgan.
Biroq, qarzdorlar tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor korxona hisob raqamlariga va garov mulklari xatlangan.
Shunindek, kredit qarzdorligi evaziga garov mulki xisoblangan g‘isht ishlab chiqarish zavodi 830 mln. so‘mga baholanib, elektron onlayn auksioni savdolariga chiqarilgan.
 
Olib borilgan ijro harakatlari davomidan qarzdordan jami 632 mln. 680 ming so‘m pul mablag‘lari majburiy tartibda undirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzdorligi majburiy tartibda undirilmoqda