date
views 400

Ona o‘z bolasi bilan uyga kiritib qo‘yildi

Ona o‘z bolasi bilan uyga kiritib qo‘yildi
Majburiy ijro harakatlari hech qachon oson kechmaydi. Sababi oson hal bo‘ladigan ish hech qachon sudgacha bormaydi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan uyga kiritish yoki chiqarish lozim bo‘lganda, qarzdor taraf doimo da’vogar taraf bilan o‘zaro muammolari haqida ro‘kach qilib, davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatadi. Ammo hujjat Byuroga kelib tushdimi, uni yuborgan organ hujjatni bekor qilmas ekan, u albatta muhokamasiz ijro etiladi.
Jumladan, Byuroning Qarshi tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 23.11.2022 yil kundagi ijro varaqasiga ko‘ra undiruvchi M.Po‘latovani va uning bir nafar voyaga yetmagan farzandini Qarshi tumani, Kat MFY, “Tinchlik” ko‘chasida joylashgan uyga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga ijro qilish uchun topshirilgan. Qarzdor fuqaro tomonidan ona va bolani uyga kiritmay qarshilik ko‘rsatib kelgan.
Joriy yilning 19 may kuni Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvchi M.Po‘latova va bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan sud qarorida ko‘rsatilgan manzilga xolislar ishtirokida kiritib qo‘yildi va mazkur ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 41-moddasiga asosan tamomlandi.
 
Fayoz Xolmamatov
MIB Qarshi tuman bo‘limi
davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ona o‘z bolasi bilan uyga kiritib qo‘yildi