
Joriy yilning may oyida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarni tiklash va qarzdorlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan xokimlik va davlat organlari o‘rtasida Qo‘shma Farmoyish imzolandi.
Bu borada Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi xududiy bo‘limlari tomonidan ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi.
Misol uchun, Baxmal tuman bulimida Rossiya Federatsiyada bulgan qarzdor A.Tovboyev bilan bir necha bor telefon orkali profilaktik suxbatlar natijasida undiruvchi L.Usarova bilan yarashtirilgan bo‘lsa, Byuroning Do‘stlik tumanida Marajapovlar oilasi to‘g‘ri tushuntirishlar natijasida yarashtirildi.
Shuningdek, byuroning G‘allaorol tuman bo‘limida qarzdor S.Pardayev aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, qarzdor M.Murodov bir oylik aliment qarzdorligi evaziga unga tegishli televizori xatlab olindi.
Bu borada ishlar davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar