date
views 194

Aliment bu, farzand oldidagi majburiyat

Aliment bu, farzand oldidagi majburiyat
Joriy yilning may oyida Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarni tiklash va qarzdorlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan hokimlik va davlat organlari o‘rtasida qo‘shma Farmoyish imzolandi.
 
Bu borada Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi.
Misol uchun, Baxmal tuman bulimida Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan qarzdor A.Tovboyev bilan bir necha bor telefon orqali profilaktik suhbatlar natijasida u undiruvchi L.Usarova bilan yarashtirilgan bo‘lsa, Byuroning Do‘stlik tumanida Marajapovlar oilasi to‘g‘ri tushuntirishlar natijasida yarashtirildi.
         
Shuningdek, byuroning G‘allaorol tuman bo‘limida qarzdor S.Pardayev aliment qarzdorligini to‘lamaganligi sababli 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, qarzdor M.Murodov bir oylik aliment qarzdorligi evaziga unga tegishli televizori xatlab olindi.
     
Jumladan, Byuroning Jizzax shahar bo‘limida qarzdor S.Xasanovdan undiruvchi Yo.Siddiqovaga navbatdagi oy uchun 1.000.000 sum aliment pullari berildi.
 
Bu borada ishlar davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment bu, farzand oldidagi majburiyat