
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi do‘konlarning birida ayol eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat IIB holat tafsilotlarini ochiqladi.
Unga ko‘ra, holat 17 may kuni soat taxminan 11:00 larda Shofirkon tumani “A.Navoiy” mahallasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konida sodir bo‘lgan. T.E. ismli erkak turmush o‘rtog‘i A.M. ismli ayol bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab janjallashib, turmush o‘rtog‘ini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Shuningdek, tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazganlik holati, o‘sha kunning o‘zida jabrlanuvchining bergan xabari asosida tuman Ichki ishlar bo‘limida ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Tekshiruv davomida zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchi A.A. ga 2019 yil 2 sentyabr kunidagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-son qonun asosida "Himoya orderi" rasmiylashtirilib berilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar