10:20 / 27.05.2023
208

Alimentdan qochgan qarzdor yuvinish xonasidan topildi

Alimentdan qochgan qarzdor yuvinish xonasidan topildi
Majburiy ijro byurosining Peshko‘ tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.R.dan M.A. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.
 
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment to‘lovlari 2 oydan ortiq muddatda to‘lanmaganligi sababli bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor rasman ogohlantirilib, huquq va majburiyatlari tushuntirilgan.
 
Qarzdor ota voyaga yetmaganlar farzandlariga aliment to‘lash o‘rniga, noma’lum tomonga ketib qolib, byuro organlaridan yashiringan.
 
Qarzdorning yashash joyini aniqlash, topish va aliment undirish choralarini ko‘rish yoki javobgarlik masalasini hal qilish maqsadida davlat ijrochisining tegishli qarori bilan qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va qidiruv harakatlariga kirishilgan.
 
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Peshko‘ tumani markazidagi ko‘p qavatli uylarning birida noma’lum ayol bilan yashab kelayotganligi haqida ma’lumotlar olingan.
 
Joriy yilning 22 may kuni o‘tkazilgan tadbir davomida qarzdor yashiringan manzil aniqlangan. Qarzdor esa eshikni ustidan qulflab olib, tadbirga jalb qilingan IIB xodimlari va MFY vakillarining ogohlantishlariga javob bermagan.
 
Tadbir ishtirokchilari tomonidan oxirgi chora sifatida temir eshik qulfi buzib, yashash xonasida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda qarzdor yuvinish xonada berkinib o‘tirganligi aniqlanib, ushlashgan.
 
Qarzdor aliment to‘lovidan bo‘lgan 11,1 million so‘m miqdoridagi qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumani sudiga yuborilgan.
 
Sud jarayonida, qarzdor o‘z aybiga iqror bo‘lib, oilaviy sharoiti og‘irligi sababli aliment to‘lovini to‘lay olmasligini aytib, unga qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
 
Sud qaroriga asosan qarzdor A.R. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va sud zalida darhol qamog‘ga olinib, jazoni o‘tash uchun IIB maxsus muassasasiga joylashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentdan qochgan qarzdor yuvinish xonasidan topildi
ePN