14:37 / 27.05.2023
151

Farg‘onada gazli suv sotish moslamasiga ulangan ballon portlab ketdi

Farg‘onada gazli suv sotish moslamasiga ulangan ballon portlab ketdi
Kadr: Telegram
Farg‘ona shahri “Qirguli” dahasida joylashgan do‘konda gazli suv tayyorlashda ishlatiladigan moslamaga ulangan ballon portlab ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, 27 may kuni soat 10:05 da “Qirguli” dahasi Yangi asr ko‘chasida joylashgan gazli suv sotishga mo‘ljallangan do‘konda gazli suv idishidagi havo bosimini ko‘tarilib ketishi natijasida suv idishi otilib ketgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.
 
Suv idishining otilib ketishi oqibatida ikki nafar ishchi yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q. Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatilgan.
 
Hodisa natijasida do‘konning yengil konstruksiyalariga qisman zarar yetgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada gazli suv sotish moslamasiga ulangan ballon portlab ketdi
ePN