
Yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida qabul qilingan yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, har kim munosib mehnat qilish, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi alohida ta’kidlangan.
Ayrim hollarda, ishchilarning oylik maoshini ololmay qolish holatlari uchrab qoladi. Shu paytda, xodimlar tomonidan o‘z huquqlarini talab qilib sudga murojaat qiladi va sud tomonidan ko‘rib chiqilib, ishchi fuqarolarning da’vosi qanoatlantiriladi. Lekin, uning ijrosi ta’minlanmasa, u bor yog‘i bir bet qog‘oz bo‘lib qoladi...
Ayni mazkur qarorning ijrosini ta’minlash Byuro organlari vakolatiga kiradi va Byuro tomonidan bu kabi ijro hujjatlarning ijrosi zudlik bilan bajarishga kirishiladi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining ijro varaqasiga asosan, karzdor “Kipchoq davlat o‘rmon xo‘jaligi”dan undiruvchi ushbu korxonada ishlovchi 44 nafar ishchining foydasiga jami 246,7 mln. so‘mdan ortiq ish haqilarini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro ishi Byuroning Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, ijro hujjati kelib tushgan kunning o‘zida qarzdor tegishli tartibda ogohlatirilib ijro qilish uchun ixtiyoriy muddat berilgan va tezkor tartibda ijro harakatlari amalga oshirilgan.
Natijada, ikki kun ichida, 44 fukaroning 246 mln. so‘mdan ortiq ish haqilari undirilib, ularning plastik kartalariga o‘tkazib berildi va ijro ishi O‘zbekistan Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asos amalda undirilib tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar