187
Toshkentda Cobalt to‘xtab turgan «Vaz-2105» bilan to‘qnashdi va 3 nafar piyodani urib yubordi
Foto: IIBB
Toshkent shahrining Bektemir tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
2023 yilning 28 may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli “Vaz-2105” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
IIBB ma’lumotida aytilishicha, shundan so‘ng Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida 2 nafar piyoda (2000 va 2001 yilda tug‘ilgan fuqarolar) hamda Cobalt avtomashinasi haydovchisiga tan jarohati olganligi sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 1997 yilda tug‘ilgan piyoda olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi