
Foto: ecogov
Tabiat resurslari vazirligining ekologik nazorat inspeksiyasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro A.T. Toshkent shahri, Yunusobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona laylak va 2 ta lochin qushi bolalarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Noqonuniy olib kelingan qush bolalari yosh va qarovga muhtoj bo‘lganligi, tabiatda yashab keta olmasligi sababli Toshkent hayvonot bog‘iga reabilitatsiya uchun belgilangan tartibda topshirildi.

Bu kabi holatlarda MJtKning 92-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunday huquqbuzarlik bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari - 3 300 000 so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar