IIBB jurnalist ishtirokidagi janjal bo‘yicha bayonot berdi

IIBB jurnalist ishtirokidagi janjal bo‘yicha bayonot berdi
IIBB jurnalist ishtirokidagi janjal bo‘yicha bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda MY-5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni noma’lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqalgan va turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIBB bayonot berdi.
 
Joriy yilning 3 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida 1993 yilda tug‘ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshayev bilan og‘zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
 
Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar