20:00 / 04.06.2023
396

«Dollarchi»larga qarshi reydlar kuchaytirilmoqda

«Dollarchi»larga qarshi reydlar kuchaytirilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.T. fuqaro B.B.ga jami 3 800 AQSH dollarini 43,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Shu kabi, Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.J. va boshqalar fuqaro M.A.ga jami 3 500 AQSH dollarini 40,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Dollarchi»larga qarshi reydlar kuchaytirilmoqda
ePN