23:30 / 09.06.2023
125

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi
Turkiya Respublikasida «Eng ilg‘or mergan» musobaqasi o‘tkazildi. 13 davlatning 40 dan ortiq jamoasi ishtirokidagi bellashuvlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining merganlari ham munosib qatnashdi.
 
Turkiyaning Isparta shahridagi «Komando» o‘quv mashqlari markazida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or mergan» musobaqasida Ispaniya, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining ikki jamoasi ishtirok etdi.
 
Musobaqada 14 ta shart bo‘yicha bahs olib borildi. Jumladan, «Qayiqdan va minoralardan o‘q otib orolni himoya qilish», «Vertolyot va yerdan jang olib borib, yaradorni evakuatsiya qilish», «Harakatlanuvchi nishonlarni pistoletda yakson etish», «Tungi vaqtda magnit azimuti bo‘yicha harakatlanish» kabi qator shartlar real jang sharoitiga yaqinlashtirilgan holda olib borildi.
Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar «Tog‘dan qiyalikka qarab jang olib borish», «Zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish» shartida barcha jamoalarni ortda qoldirib, rekord natijaga erishgan.
 
10 kun davom etgan musobaqada birinchi va uchinchi o‘rinni turkiyalik harbiylar, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik harbiy merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ikkinchi bo‘ldi
ePN