17:47 / 11.06.2023
142

Qarz - ovoz ham chiqarmaydi, lekin uxlashga ham qo‘ymaydi…

Qarz - ovoz ham chiqarmaydi, lekin uxlashga ham qo‘ymaydi…
Xalqimizda ajoyib naql bor "Yaxshidan bog‘ qoladi" degan, lekin shu bog‘ni barpo etgan, ya’ni bunyodkor-quruvchi pullarini ololmay yursa-chi?
 
Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 11.06.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Taxtapul MFYdan undiruvchi Z.Raximovning foydasiga jami 291 mln. 47 ming so‘m xarajatlar undirish to‘g‘risidagi ijro ishi bo‘lim ish yurituviga 09.07.2020 yilda kelib tushgan.
 
Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.
 
Belgilangan muddat ichida qarzdor mahalladan pulni undirish oson kechmadi, biroq olib borilgan ijro harakatlari davomida Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.Zakimovning to‘g‘ri huquqiy tushuntirishi orqali 19.05.2023 yilda qarzdor Taxtapul MFY.dan 291 mln. 47 ming so‘m qarzdorlik undiruvchiga to‘liq undirilib, ijro ishi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz - ovoz ham chiqarmaydi, lekin uxlashga ham qo‘ymaydi…
ePN