21:21 / 17.06.2023
123

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining maslahatlashuvi tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish masalalari muhokama etildi.
 
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oshirish hamda yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Jumladan, 2023–2024 yillar davomida Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkazish hamda Qarshi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon shahridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishiga kelishildi va bu bo‘yicha tegishli hujjat imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning 5 ta shahridan Turkiyaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
ePN