00:16 / 19.06.2023
117

Shavkat Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari bilan bir qancha masalalarni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari bilan bir qancha masalalarni muhokama qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomanaiy bilan uchrashdi.
 
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
 
Istiqbolli qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Savdo, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport va kommunikatsiyalar, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.
 
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv samimiy va ishonchli muhitda, konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari bilan bir qancha masalalarni muhokama qildi