23:59 / 19.06.2023
97

Har bir murojaat –bir inson taqdiri ekanligini unutmaylik!

Har bir murojaat –bir inson taqdiri ekanligini unutmaylik!
Xalq manfaatini o‘ylash, uning dardi bilan yashash mamlakat taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasi. Bu borada aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar va ulardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Fuqaroning  murojaat ortidagi tashvishini chuqur o‘rganish, yechimini topish Byuro organlariga xalqning ishonchini ham belgilaydi.
  
Xususan, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda.
  
Byuroga kelib tushayotgan murojaatlar sektorlar kesimida tahlil qilinib, ularni kamaytirish maqsadida zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
 
 Joriy yilning o‘tgan davrida ko‘rib chiqilgan 3523 ta murojaatlarning  3131 tasi hal etildi, shundan 2010 tasi yoki 65 foizi qanoatlantirildi. 
  
Murojaatlarni hal etish jarayonida 3 mlrd. 439 mln. so‘m mablag‘lar undirilib, 2010 nafar shaxslarning huquqi tiklanishi ta’minlandi. 
  
Misol uchun, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro E.Kenjayevning fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “L.U.S” MCHJdan qarz pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaatini o‘rganish davomida qarzdordan 43 mln. so‘m qarzdorlik undirilishiga erishilgan. 
  
Bundan tashqari, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 965 nafar aholining murojaatlari hal etilgan.
  
Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yuzma-yuz muloqotlarning samarasi bo‘lakcha. Zero, xar bir murojaat ortida bir inson taqdiri yotganligini unutmaslik lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Har bir murojaat –bir inson taqdiri ekanligini unutmaylik!
ePN