17:44 / 20.06.2023
643

Qurbonlikni vojib qiluvchi boylik miqdori qanday hisoblanadi?

Qurbonlikni vojib qiluvchi boylik miqdori qanday hisoblanadi?
Ushbu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi.
 
«Dinimizda boylik nisobi 85 gramm tillo yoki uning qiymatidagi pul va mol-mulkka ega bo‘lish bilan belgilanadi.
 
Hojati asliyadan tashqari, yuqorida aytilgan mablag‘ga ega bo‘lgan erkak va ayollar qurbonlik qilishlari vojib bo‘ladi. Qurbonlik qilishda mablag‘ bir yil hojatdan ortiqcha bo‘lib turishi yoki o‘suvchi mol bo‘lishi shart qilinmaydi. Zakotda esa mablag‘ bir yil hojatdan ortiqcha bo‘lib turishi va o‘suvchi mol bo‘lishi shart qilinardi.
 
Qurbonlik nisobini hisoblanayotganda quyidagi narsalar hojati asliyalar deb e’tiborga olinadi: yeb ichadigan taomlari, uch sidra kiyadigan kiyim, yashash joyi, uy asboblari, kasb asbob-anjomlari, minib turgan ulovi, fabrika-zavodlarning stanoklari kabilar. Ya’ni, bularning narxi nisobga kiritilmaydi.
 
Bulardan tashqari chorva mollari, ortiqcha hovlilar, ijaraga berilgan uylar va mashinalar, uyda ishlatilmay turadigan idish-tovoqlar, suvenirlarning narxi 85 g tilloning qiymatiga yetsa, zimmalariga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi.
 
Hozirgi kunda ko‘p ayollar taqinchoq va ortiqcha narsalari hamda o‘smaydigan mollari hisoblansa, nisob sohibiga aylanadilar. Garchi zakot bermasalarda, ularning zimmalariga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi», deyiladi Fatvo hay’ati xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurbonlikni vojib qiluvchi boylik miqdori qanday hisoblanadi?
ePN